Tramp Yamanni bombardimon qildi – qurbonlar bor
“AQShning Yamanning Sano viloyatiga uyushtirgan zarbalari oqibatida kamida toʻqqiz nafar tinch aholi vakili halok boʻldi va yana toʻqqiz kishi jarohat oldi”, deb xabar berdi husiylar nazorati ostidagi Yaman Sogʻliqni saqlash vazirligi vakili.
Tashkilot matbuot xizmati maъlumotiga koʻra, AQSh zarbalari Sanoning shimoliy tumanidagi turar-joy mavzelariga berilgan. Yana bir xabarda esa, Sano aeroport majmuasi hududi ustida qora tutun koʻtarilayotgani aytilgan. France 24 ushbu hududda yirik harbiy obъekt joylashganini maъlum qilgan.
Bundan avval, AQSh prezidenti ijtimoiy tarmoq orqali Yamanning poytaxti Sano shahriga qator havo hujumlarini amalga oshirish boʻyicha buyruq berganini maъlum qilgan edi. U husiylar Aden koʻrfazidagi Isroil kemalariga hujumlarini toʻxtatmaguncha, “halokatli kuchni toʻliq qoʻllash”ni vaъda qilgan.
“Bugun men AQSh qurolli kuchlariga Yamandagi husiy terrorchilariga qarshi qatъiy va kuchli harbiy amaliyotlarni boshlashni buyurdim. Husiylarni hujumlarni darhol toʻxtatishga chaqiraman, aks holda siz ilgari hech qachon koʻrmagan doʻzax sizga tushadi”, deb yozgan Tramp.
Shuningdek, u oʻz postida Eronni ham ogohlantirib, Tehronni “husiy terrorchilarini qoʻllab-quvvatlashni darhol toʻxtatishga” chaqirdi. Aks holda, “Amerika sizni javobgarlikka tortadi!”, deya tahdid qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Isroilning Gʻazo sektorida olib borilayotgan harbiy kampaniyasi davomida husiylar Isroilning 100 dan ortiq savdo kemalariga raketa va dron zarbalari yoʻllagan. Yanvarь oyida Isroil tomoni Gʻazodagi urushni toʻxtatishga rozi boʻlgach, husiylar Netanьyaxu hukumatini jiddiy ogohlantirgan holda hujumlarini toʻxtatgan edi.













