Vashington HAMAS bilan bevosita muzokaralar oʻtkazayotgan bir paytda Tramp falastinliklarga tahdid qildi
AQSh prezidenti Donalьd Tramp Vashington tomonidan Dohada XAMAS bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borilayotgan bir paytda harakatga qarshi ochiq tahdidlar yoʻlladi.
Oq uy rahbari Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida HAMASdan barcha isroillik asirlarni zudlik bilan ozod qilish va halok boʻlganlarning jasadlarini topshirishni talab qildi: «Yoki hammasini yoʻqotasiz».
Tramp faqat HAMASga tahdid qilish bilan cheklanmadi, balki Gʻazo sektori aholisini ham ogohlantirdi. Shu tariqa, u agar Vashington talablari bajarilmasa, oddiy falastinliklar jamoaviy jazoga duchor boʻlishini ochiq-oydin koʻrsatib qoʻydi.
«Gʻazo aholisi: sizni ajoyib kelajak kutmoqda, ammo agar garovga olinganlarni ushlab tursangiz, bu roʻy bermaydi. Agar shunday qilsangiz — halok boʻlasiz! Oqilona qaror qabul qiling. Garovdagilarni hoziroq ozod qiling, aks holda keyin juda ogʻir tovon toʻlashingizga toʻgʻri keladi!» — deya ogohlantirdi AQSh rahbari.
19 yanvardan boshlab Gʻazo sektorida HAMAS va Isroil oʻrtasidagi kelishuv doirasida oʻt ochishni toʻxtatish rejimi amal qilmoqda. Hujjat isroillik harbiy asirlarni falastinlik siyosiy mahbuslarga almashtirish, Gʻazo sektorini tiklash, Isroil qoʻshinlarini toʻliq olib chiqish, anklavga gumanitar yordam, yongʻindan himoya qilish vositalari va boshqa yordamlar etkazib berishni nazarda tutadi. Biroq Isroil tomoni kelishuvni bajarishni sabotaj qilmoqda.
15 oydan beri davom etayotgan Gʻazo urushida 46 mingdan ortiq kishi halok boʻldi. Isroil esa oʻz hududida taxminan 1,5 ming nafar oʻlganlar borligini hisoblagan.













