AQSh poytaxti Vashingtonda yuz bergan qurolli hujum natijasida Isroilning Vashingtondagi elchixonasida ishlovchi ikki xodim halok boʻlgani maъlum qilindi.

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem X ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida oʻldirilgan ikki kishi Vashingtondagi Yahudiy muzeyi yaqinida "ahmoqona tarzda" nishonga olinganini taъkidladi.

U hujum yuzasidan surishtiruv olib borilayotganini bildirib, quyidagicha yozdi: "Bu axloqsiz jinoyatchini adolat oldiga olib kelamiz."

Federal tergov byurosi (FBI) direktori Kash Patel ham X orqali bayonot berib, hodisa FBIʼning Vashingtondagi mahalliy ofisi yaqinida roʻy berganini maъlum qildi.

Patelning soʻzlariga koʻra, hodisaga politsiya bilan hamkorlikda javob qaytarilgan, jamoatchilikka qoʻshimcha maъlumotlar taqdim etish davom ettiriladi.

Hozircha hujumchining shaxsi va uning maqsadi toʻliq ochiqlanmagan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Mavzuga aloqador