Vashingtonda yoʻlovchi samolyoti va harbiy vertolyot toʻqnashuvi oqibatida halok boʻlganlarning jasadlari Potomak daryosidan olib chiqilmoqda. Hozirgacha 18 kishi halok boʻlgani tasdiqlangan.

Hodisa samolyot Ronald Reygan aeroportiga qoʻnishidan bir necha daqiqa oldin, daryo ustida sodir boʻlgan. Toʻqnashuv natijasida har ikki havo transporti qoldiqlari suvga tushib ketgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari havo va suv haroratining sovuqligi sabab murakkab kechmoqda.

Maʻʻlumotlarga koʻra, yoʻlovchi samolyoti Kanzas shtatidagi Vichita shahridan Vashingtonga yoʻl olgan boʻlib, bortda 60 nafar yoʻlovchi va toʻrt nafar ekipaj aʻʻzosi boʻlgan. Harbiy "Black Hawk" vertolyoti esa oʻquv parvozi vaqtida boʻlib, unda uch nafar harbiy xizmatchi boʻlgan.

Avvalgi xabarlarda toʻrt nafar qurbon qutqarilgani aytilgan boʻlsa-da, oxirgi rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, hozircha hech kim tirik topilmagan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Mavzuga aloqador