Avstriya poytaxtidagi maktablarda musulmon bolalar soni ilk bor nasroniylardan oʻzib ketdi. Shahar kengashi aъzosi Bettina Emmerling tomonidan taqdim etilgan maъlumotga koʻra, oʻquvchilarning 41,2 foizi musulmonlarning farzandlaridir.


Qayd etilishicha, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 39,4 foiz boʻlgan — bu esa son jihatidan barqaror oʻsish borligini koʻrsatadi. Ikkinchi oʻrinda esa 34,5 foiz bilan  xristianlar turibdi. Ularning ichida rim-katoliklar — 17,5 foiz, pravoslavlar — 14,5 foiz.


Hech qanday dini eъtiqodi boʻlmagan bolalar — 23 foiz, buddistlar — 0,2 foiz, yahudiylar — 0,1 foiz, boshqa din vakillari esa — 0,9 foizni tashkil qilmoqda. Bu koʻrsatkichlar 112 600 nafar oʻquvchining, yaъni boshlangʻich, oʻrta, maxsus va politexnik maktablarda oʻqiyotgan bolalarning maъlumotlariga asoslangan.


Avstriya Erkinlik partiyasi immigratsiyaning Avstriya madaniyatiga tahdid solayotganini tanqid qilgan. Shuningdek partiya musulmon oʻquvchilarning koʻpayishi, nemis tilining ikkinchi tilga aylanishi va Avstriya qadriyatlarining zaiflashishi haqida ogohlantirgan.

Mavzuga aloqador