Vengriyada faqat ikki jins tan olinadi
Vengriya parlamenti 14 aprelь kuni mamlakat konstitutsiyasiga “inson yo erkak, yo ayol” degan oʻzgartirish kiritishni yoqlab ovoz berdi.
Deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan qonunchilikdagi yana bir oʻzgarish mamlakatda LGBT tadbirlarini,
shu jumladan, Budapest Pride paradini oʻtkazishni taqiqlashdir.
Vengriya nikoh institutini erkak va ayol oʻrtasidagi ixtiyoriy ittifoq sifatida,
shuningdek, oilani millat mavjudligining asosi sifatida himoya qiladi.
Oila nikohga, ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarga asoslanadi.
Vengriya konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlarni 140 nafar parlamentariy qoʻllab-quvvatlagan, 21 nafar deputat esa qarshi chiqqan.
Bundan tashqari, tegishli oʻzgarishlarni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va uning FIDES partiyasi qoʻllab-quvvatlagan.












