Xitoyning Zhejiang Communications Construction Group Co kompaniyasi Tojikistonda Markaziy Osiyodagi eng uzun avtomobilь koʻprigini quradi. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar berdi.

Loyihaning umumiy qiymati 427,5 million yuanni (taxminan 59,8 million dollar) tashkil etadi.

Kelishuvga koʻra, koʻprik “Obigarm-Nurobod” avtomobilь yoʻli loyihasining uchinchi bosqichi doirasida quriladi. Koʻprikning oʻzi uzunligi 920 metrni, kirish yoʻllari bilan esa 1,5 kilometrga etadi.  

Qurilish 4 yil ichida mahalliy va xorijlik tajribali mutaxassislar ishtirokida yakunlanishi, ammo, Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohimning taъkidlashicha, ishlarni muddatidan oldin yakunlash imkoniyati mavjud.

Yangi Obigarm-Nurobod yoʻli Rogʻun GESi qurilishi doirasida suv ostida qoladigan mavjud avtomobilь yoʻliga muqobil boʻladi.

Zhejiang Communications Construction kompaniyasi Tojikistonda bir necha yildan buyon faoliyat yuritayotgani, yoʻl va koʻprik qurilishi loyihalarini amalga oshirishda katta tajribaga ega ekanligi taъkidlandi.

Mavzuga aloqador