Xitoy, Rossiya va Eron Pekinda yadroviy dastur boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi
Xitoy, Rossiya va Eronning yuqori martabali diplomatlari Eronning yadroviy dasturini muhokama qilish uchun Pekinda uchrashdi. Bu uchrashuv AQShning muloqotni qayta boshlash chaqirigʻini Tehron rad etganidan bir necha kun oʻtib boʻlib oʻtdi.
Muzokaralarda Xitoy tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Ma Chjaosyu, Rossiya tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Sergey Ryabkov va Eron tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Kazem Garibabadi ishtirok etdi.
Eronning yadroviy dasturiga oid diplomatik muloqotlarni qayta jonlantirish va boshi berk koʻchaga kirib qolgan muzokaralarni tiklashga qaratilgan mazkur uchrashuvda Xitoy, Rossiya va Eron AQSh sanktsiyalarining bekor qilinishini talab qilib, Tehronga qarshi iqtisodiy cheklovlar muloqotni qiyinlashtirayotganini taъkidlashdi.
Xususan, Eron neft eksportining cheklanishi va xalqaro moliyaviy operatsiyalarining cheklanganligi mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy taъsir oʻtkazmoqda. Rossiya va Xitoy esa ushbu sanktsiyalarni gʻarbiy davlatlarning geosiyosiy bosimi sifatida koʻrmoqda.
Xitoy va Rossiya AQShning global etakchiligiga muqobil kuch sifatida oʻz mavqeini mustahkamlashga intilayotgan boʻlsa, Eron ushbu hamkorlik orqali iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoʻllab-quvvatlovga erishishga harakat qilmoqda.













