Xitoy “Tolibon”ni ShHT sammitiga taklif qildi
Xitoyning Qobuldagi elchisi Chjao Sin Afgʻonistondagi “Tolibon” hukumatini Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etishga taklif qildi.
Ariana news’ning xabar berishicha, taklif TIV moliya va boshqaruv boʻyicha oʻrinbosari Muhammad Nayim bilan uchrashuv chogʻida bildirilgan. Dastlab, Chjao Sin Afgʻoniston bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va munosabatlarni mustahkamlashga Xitoy katta ahamiyat berayotganini taъkidlagan.
Bunga javoban, Muhammad Nayim ham qoʻshnichilik aloqalarining muhimligiga toʻxtalib: “Xitoy va Afgʻoniston qoʻshni davlatlardir, qoʻshnilar oʻrtasidagi ijobiy munosabatlarni saqlab qolish har ikki tomon uchun muhim”, deya taklifga qiziqish bildirgan.
Maъlumot uchun, Afgʻoniston 2012 yildan ShHT kuzatuvchi aъzosi boʻlsa-da, 2021 yildan buyon faol ishtirok etmayapti. 2024 yil Islomobodda oʻtgan sammitga esa taklif qilinmagan edi.
Eslatib oʻtamiz, ShHTning 25 sammiti shu yil Xitoyda oʻtkaziladi. Unda oziq-ovqat xavfsizligi, energetika, atrof-muhit muhofazasi va terrorizmga qarshi kurash kabi masalalar muhokama qilinadi.












