Xitoy vodorod bombasi sinovini muvaffaqiyatli yakunladi
Xitoy olimlari yadroviy moddalardan foydalanmasdan vodorod bombasi sinovini muvaffaqiyatli yakunladi, bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, vazni atigi ikki kilogramm boʻlgan qurilma portlashi natijasida harorati 1000 daraja tselsiydan yuqori boʻlgan olov shari hosil boʻlib, u ikki soniyadan ortiq vaqt davomida saqlangan.
Tadqiqotda qayd etilishicha, shuncha miqdordagi trotil ekvivalenti 15 barobar kamroq vaqt davomida “mavjud boʻladigan” olovli sharni hosil qilgan boʻlardi.
Qurilma yaratuvchilarining taъkidlashicha, mazkur bombaning portlash intensivligini aniq nazorat qilish mumkin. Bu esa katta hududdagi nishonlarni bir tekisda yakson qilish imkonini beradi.
Mazkur portlovchi qurilma Xitoy Davlat kemasozlik korporatsiyasiga qarashli 705 ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur institut, xususan, suvosti qurollarini yaratishda muhim rol oʻynaydi.












