Xitoyda 7 yoshli bolaga sunъiy yurak muvaffaqiyatli oʻrnatildi, deya xabar berdi Anadolu axborot agentligi. 


Ushbu operatsiya 2024 yil may oyida, bemorda “dilatatsion kardiomiopatiya” deb ataluvchi irsiy va surunkali kasallik tashxisi qoʻyilgani va unga mos keluvchi donor topilmagani sababli amalga oshirilgan.


Xitoyning Sinьxua axborot agentligi xabariga koʻra, operatsiya shu oyning dastlabki kunlarida boʻlib oʻtgan va taxminan 5 soat davom etgan. Aytilishicha, jarrohlar bolaga ogʻirligi 45 gramm, diametri esa atigi 2,9 santimetr boʻlgan sunъiy yurakni implantatsiya qilishgan.


Hozirda bemorning tibbiy holati ijobiy koʻrsatgichda. Agentlik esa ushbu muvaffaqiyatli operatsiyani nafaqat Xitoy tibbiyotida, balki butun dunyo yurak jarrohligi sohasidagi muhim yutuq ekanini qayd etgan.

Mavzuga aloqador