AQShning saylangan prezidenti Tramp lavozimga kirishishiga sanoqli kunlar qolganida AQShda terrorchilik hujumlari koʻpaymoqda. Jumladan, yangi yilning ilk soatlarida Yangi Orleandagi teraktda 15 kishi hayotdan koʻz yumdi. Las-Vegasda esa Trump Tower mehmonxonasi oldida Tesla avtomobili yukxonasiga ortilgan pirotexnika yoki portlovchi moddalar portlatildi. Hodisada 1 kishi halok boʻldi,7 kishi jarohatlandi.

Hujumlarning kuchayishi ortidan "Turkiya gazetasi" muallifi Jem Kyukuch mantiqli bir fikrni ilgari surdi. TGRT news telekanali jonli efirida soʻzlagan Kyuchuk: "Trampga qarshi: "Mana, koʻr, IShID bu erda hali tugamagan, kurash davom etmoqda. Agar askarlarni olib chiqsang, AQShda shunday boʻladi" degan signal berilmoqda", – dedi. 

Yillik mudofaa xarajatlari 2,5 trillion dollar boʻlgan va juda yaxshi himoyalangan AQShda bunday hujum qanday qilib sodir boʻlishi mumkin? Yoki bu ishni Markaziy razvedka boshqarmasi va Pentagon qildirdimi? - deya savol berdi u.

Mavzuga aloqador