Yaponiya mehmonxonalarida isroil* fuqarolaridan tilxat olinmoqda
Kioto shahridagi Wind Willa mehmonxonasi isroil* fuqarosidan roʻyxatdan oʻtish jarayonida harbiy jinoyatlarga aloqador boʻlmaganligini tasdiqlovchi tilxat yozib berishni talab qildi.
TRT nashrining yozishicha, voqea isroillik mehmon pasportini registratsiya boʻlimida taqdim qilganida yuz bergan.
Dastlab u bunday hujjatni imzolashdan bosh tortgan, biroq keyinchalik, bu talab nafaqat isroilliklar, balki rossiyalik mehmonlarga nisbatan ham qoʻllanilishini bilib, rozilik bildirgan.
Mehmonxona menejeri bu chorani oʻz xavfsizliklarini taъminlash uchun zarur deb taъriflab, ular kimni qabul qilishga haqliligi haqida izoh berdi. Tilxat matnida quyidagilar keltirilgan:
“Men xalqaro va gumanitar huquqni buzuvchi hech qanday harbiy jinoyatlarda ishtirok etmaganman; jumladan, fuqarolarga (bolalar, ayollar va boshqalar) hujum qilish, taslim boʻlgan yoki asirga olingan shaxslarga nisbatan oʻldirish yoki shafqatsiz muomala qilish, qiynoqlar yoki gʻayriinsoniy munosabat, jinsiy zoʻravonlik, majburiy koʻchirish, talonchilik yoki shunga oʻxshash boshqa jinoyatlarda qatnashmaganman.
Shuningdek, men harbiy jinoyatlarni rejalashtirish, buyurish, koʻmaklashish yoki ragʻbatlantirish ishlarida hech qachon ishtirok etmaganman. Men kelajakda ham xalqaro va gumanitar huquq normalariga rioya qilish, harbiy jinoyatlarda hech qanday shaklda qatnashmaslik majburiyatini olaman”.
Xabarda aytilishicha, xuddi shunga oʻxshash holat Kiotodagi boshqa bir mehmonxonada ham yuz berib — isroil* fuqarosi harbiy harakatlarda qatnashgan boʻlishi mumkinligi ehtimoli sababli unga xizmat koʻrsatishdan bosh tortilgan edi.












