Yaponiya musulmon jamoasi soʻnggi yillarda oʻsishda davom etmoqda. Biroq musulmon aholi soni oshib borishi bilan musulmonlar dafn masalasida jiddiy toʻsiqlarga duch kelmoqda. Muammo shundaki, Yaponiyadagi qabristonlarning 99,9 foizi faqat krematsiyani (jasadni yoqish – Azon Global) amalga oshiradi – bu esa islomda qatъiyan taqiqlangan amaliyot hisoblanadi.

Rasmiy qonunlar dafn etishni taqiqlamasa-da, bu qarorni mahalliy hokimiyat organlari qabul qiladi. Ular esa koʻp hollarda musulmon qabristonlariga er ajratishga intilishmaydi, bu esa yaqinlarini shariat qoidalariga muvofiq dafn qilishni xohlayotgan musulmonlar uchun jiddiy qiyinchilik tugʻdiradi.

Hozirda Yaponiyadagi koʻplab musulmonlar krematsiyadan voz kechib, chet ellarda dafn etishga majbur boʻlishmoqda yoki mamlakat ichida juda kam sonli maxsus qabristonlarni izlashga toʻgʻri kelmoqda.

Mazkur holat Yaponiya jamiyatidagi diniy ozchiliklar huquqi, diniy erkinlik va madaniy xilma-xillikka boʻlgan munosabat masalalarini ham kun tartibiga olib chiqmoqda.

Islom – mamlakatda eng tez oʻsuvchi din sifatida qayd etilgan. 2024 yil boshiga kelib mamlakatdagi musulmonlar soni taxminan 350 ming nafarga etdi. Yaponiyada 150 ta masjid faoliyat yuritmoqda.

Mavzuga aloqador