Yaqin Sharqdagi keskinlik: Gʻazo qirgʻin ostida - qurbonlar koʻpaymoqda
Isroil armiyasi 18 martga oʻtar kechasi Gʻazo sektoriga qarshi keng koʻlamli havo hujumlarini qayta boshladi. TsAXAL va Shin-Bet maъlumotlariga koʻra, hujumlar HAMAS obъektlariga qaratilgan boʻlib, ular siyosiy rahbariyat qarori asosida amalga oshirilmoqda. Ammo bu bombardimonlar Gʻazoda 200 dan ortiq odamning hayotiga zomin boʻldi, halok boʻlganlar orasida bolalar ham borligi aytilayapti.
Oq uy maъmuriyati Isroilning bu harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini maъlum qildi. Matbuot kotibining bayonotiga koʻra, Isroil hujumlari Vashington bilan muvofiqlashtirilgan va AQSh prezidenti bu ittifoqdosh davlatni himoya qilishdan choʻchimasligini taъkidlagan. Hatto Gʻazo uchun “jahannam eshiklari ochilishi” haqidagi tahdidli bayonot ham bildirilgan.
Isroil rasmiylari esa HAMASni oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga rozi boʻlmaslikda ayblamoqda. Bu esa Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni yanada chigallashtirmoqda. Hujumlarning qayta boshlanishi nafaqat mintaqa, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan jiddiy xavotir bilan kuzatilmoqda.
Sal avval, bosqinchi isroilning tunda Gʻazo boʻylab uyushtirgan havo hujumlari paytida HAMASning baъzi etakchilari shahid boʻlgani aytilgan edi. Ular orasida harakatning Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi rahbari Abu Ubayda al-Jamasi ham bor.
Bundan tashqari, HAMASning Gʻazodagi ichki operatsiyalari uchun masъul boʻlgan general-mayor Bahjat Hasan Abu Sulton va siyosiy byuro aъzosi Isom al-Dalis ham halok boʻlgan.













