Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putinning frontda 30 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish taklifiga bergan javobini keskin tanqid qildi va uni “juda manipulyativ” deb atadi.

“Putin, albatta, prezident Trampga toʻgʻridan-toʻgʻri aytishdan qoʻrqadi: u bu urushni davom ettirishni, ukrainaliklarni oʻldirishni xohlaydi”, dedi Zelenskiy.

Ukraina etakchisining soʻzlariga koʻra, Moskva ataylab sulhga shunday shartlar qoʻymoqdaki, vaziyat tobora murakkablashyapti. “Putin bevosita yoʻq deb aytmaydi, lekin hamma narsani choʻzib yuboradi va normal qarorlarni qabul qilishni imkonsiz holga keltiradi”, deya taъkidlagan Zelenskiy.

Ukraina prezidenti AQSh sulh shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish va tekshirish jarayonini tashkil etishga tayyor ekanini qayd etdi. Uning fikricha, bu nazorat AQSh va Evropaning bevosita koʻmagida taъminlanishi mumkin.

“Biz qoʻyadigan shartlar oddiy va tushunarli. Biroq, ikkinchi tomon oʻz manfaatini hammasidan ustun qoʻymoqda. Ha, yagona konstruktiv boʻlmagan tomon — bu Rossiya. Ularga urush kerak”, dedi Ukraina rahbari.

Mavzuga aloqador