Zelenskiy: Ukraina armiyasi 45 mingdan ortiq askarini yoʻqotdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning maъlum qilishicha, 2022 yilda Rossiya bosqini boshlanganidan buyon Ukraina Qurolli Kuchlari 45 100 askarini yoʻqotgan. Uning soʻzlariga koʻra, shu davr ichida 390 ming harbiy jarohatlangan. Bu haqda Zelenskiy britan jurnalisti Pirs Morganga bergan intervьyusida maъlum qildi.
Urush sharoitida ushbu maъlumotlarni mustaqil manbalar orqali tasdiqlash yoki rad etish qiyin. Ukraina va Rossiya odatda raqib yoʻqotishlari haqida bayonotlar bersa-da, oʻz yoʻqotishlari haqida rasmiy raqamlarni kamdan-kam hollarda eъlon qiladi.
Oxirgi marta Ukrainada 2023 yilda oraliq hisobot eъlon qilingan boʻlib, unga koʻra 43 ming ukrainalik harbiy halok boʻlgan, 370 ming kishi esa yaralangan.
Harbiy tahlilchilar har ikki taraf oʻz yoʻqotishlarini kamaytirib, raqibnikini esa oshirib koʻrsatishini taъkidlaydilar. Rossiya oʻz yoʻqotishlari haqida rasmiy ravishda 2022 yil sentyabrida maъlumot bergan boʻlib, oʻshanda bu raqam 5 973 kishini tashkil etgan.
Gʻarb razvedka xizmatlari esa Ukraina armiyasi yoʻqotishlarini 100 mingga yaqin deb baholamoqda, Rossiya tomonidagi yoʻqotishlar esa taxminan ikki baravar koʻproq boʻlishi mumkin.













