2023 yil 7 oktyabrda dunyo Isroilning Gʻazo sektoriga bostirib kirishni boshlaganiga guvoh boʻldi. Bugun, oradan roppa-rosa bir yil oʻtib, koʻpchilik, mubolagʻasiz, Falastin xalqining genotsidi deb ataydigan fojia koʻlamini tushunish uchun ortga qaraymiz. 366 kun davom etgan portlashlar, vayronagarchiliklar va odamlarning azob-uqubatlari bir vaqtlar hayot qaynagan qirgʻoq mintaqasini vayronalarga aylantirdi, bu erda omon qolish har kungi jasoratga aylandi.
Qozogʻistonda atom elektr stantsiyasi qurilishi boʻyicha oʻtkazilgan referendum davomida turli ijtimoiy tadqiqot institutlari tomonidan ekzitpol oʻtkazildi. Unda aksariyat qozogʻistonliklar oʻz yurtida AES qurilishini yoqlab ovoz berganini maʻʻlum qilgan. Yakuniy natijalar esa 7 kun ichida eʻʻlon qilinadi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 365 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
AQSh Hizbulloh etakchilari va koʻplab aʻʻzolari oʻldirilishi oqibatida harakatning zaiflashgani ikki yildan buyon prezident saylanmayotgan mamlakatda saylov oʻtkazish uchun qulay vaziyat yaratdi, deb hisoblamoqda. Asosiy nomzodlardan biri – AQSh va Frantsiya tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan Jozef Aundir (Livanda prezident lavozimiga nasroniy saylanadi).
Defence for Children xalqaro bolalarni himoya qilish tashkiloti sentyabrʻ oyida Isroil armiyasi va isroillik koʻchmanchilar tomonidan bosib olingan Gʻarbiy Sohilda 7 oktyabrdan beri oʻldirilgan falastinlik bolalar haqida hisobot eʻʻlon qildi. Hisobotda keltirilgan asosiy faktlar.
Bosniya va Gertsegovinada kuchli yogʻingarchiliklar keltirib chiqargan suv toshqinlarida 18 kishi halok boʻldi. Koʻplab kishilarning bedarak yoʻqolgani xabar qilinmoqda.
Rossiya hukumati Tolibonni taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarishga qaror qildi. RF Tashqi ishlar vazirligi va Federal xavfsizlik xizmati ushbu masala boʻyicha huquqiy ishlarni yakunlamoqda.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 364 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Livan soʻnggi 24 soat ichida havodan va quruqlikdan Isroil hujumlariga uchradi. Bu hujumlar natijasida 34 kishi, jumladan, 28 nafar tibbiyot xodimi halok boʻldi, 151 kishi jarohatlandi. Isroil tomonidan ham qurbonlar bor. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazoda oʻldirish uchun bolalarni izlayotgani, 12 yoshli qizni oʻldirganini maqtangan bosqinchi yoʻq qilingani rasman tan olindi.
Isroilning Gʻazoga qarshi genotsid urushi boshlanganidan bir oy oʻtgach, Saudiya Arabistoni Arab Davlatlari Ligasi (ADL) va Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ning favqulodda qoʻshma sammitini chaqirdi. Sammitda urushni toʻxtatish uchun Gʻazo boʻyicha aloqa guruhi tuzildi. Oradan qariyb bir yil oʻtdi. Afsuski Aloqa guruhi bu vaqt ichida oʻz hukumatlarining urushni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorini amalga oshirish boʻyicha biron-bir jiddiy chora koʻrmadi. Isroil Gʻazodagi bolalar, ayollar va keksalarni qirgʻin qilishda davom etar ekan, davlat rahbarlari rasmiy suratga tushish, qizgʻin uchrashuvlar va quruq gapdan nariga oʻtishmadi.