Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy, shuningdek, Saudiya Arabistoni TIV rahbari shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saudni qabul qildi. Uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorliklarni rivojlantirish bilan bir qatorda Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda Falastin muammosini tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotir bildirdi. "Bu keng koʻlamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin", — deyiladi bayonotda.
Iordaniya malikasi, Qirollik harbiy-havo kuchlari uchuvchisi Salma Raniya Eron hujumi kuni oltita uchuvchisiz uchoqni urib tushirganini maʻʻlum qildi. Uning onasi falastinlik.
Isroilning qamaldagi Gʻazo sektorida 6 oy davomida olib borgan hujumlari natijasida 33,7 mingdan ortiq falastinlik halok boʻldi, 76,3 mingdan ortiq kishi jarohatlandi.
Niger fuqarolari mamlakat shimolidagi AQSh qoʻshinlarini mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qilib namoyish uyushtirdi. Namoyishlar harbiy rahbariyat Gʻarbdan uzoqlashib, Rossiyaga yaqinlashish siyosati doirasida AQSh bilan harbiy kelishuvdan chiqish rejasidan soʻng boshlandi.
Isroil matbuoti Eronning Isroilga uyushtirgan hujumlarini qaytarish xarajatlari 1,35 milliard dollarni tashkil etganini maʻʻlum qildi.
Isroil armiyasi Erondan 200 dan ortiq uchuvchisiz uchoqlar, qanotli va ballistik raketalar uchirilganini maʻʻlum qildi. Ularning aksariyati Isroil havo hududidan tashqarida urib tushirilgan. Isroil zarar miqdori juda ozligini maʻʻlum qildi, eronliklar esa allaqachon gʻalabani nishonlashmoqda – qisqa maʻʻlumotlar.
Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi maxsus qoʻshinlari Hormuz boʻgʻozida isroillik milliarder Eyel Oferga tegishli yuk tashuvchi kemani qoʻlga oldi. Ushbu kema BAAdan Hindistonga ketayotgan boʻlgan.
Oʻtgan hafta Michigan shtatidan respublikachi kongressmen Tim Uolberg Gʻazoni 1945 yil – Ikkinchi jahon urushi oxirida AQSh atom bombalari tomonidan kuli koʻkka sovurilgan Yaponiya shaharlari Nagasaki va Xirosima kabi yoʻq qilishni taklif etdi.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi “Krokus”dagi qoʻporuvchilikni tergov qilishda gumonlanuvchilarni qiynoqqa solmaslikka chaqirdi.