Isroil armiyasi oʻz qoʻshinlarini Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunusdan olib chiqib ketganini eʻʻlon qildi. Gʻazo sektorida faqat “Nahal” brigadasi qolishda davom etadi.
Britaniya hukumati bir necha oylik oʻrganishlardan soʻng harbiy xizmatchilarga soqol qoʻyishni taqiqlovchi tartibni “eskirgan” deb topdi. Oʻtkazilgan soʻrovlarda 54 foiz erkaklar soqol yoki moʻylov qoʻyishni afzal koʻrishi aniqlangan. Ushbu qarordan soʻng Britaniya armiyasida xizmat qilishni xohlovchi yoshlar soni ortishi kutilmoqda.
Rossiya 5 aprelʻ kuni Bryusselda boʻlib oʻtgan voqeani “kollektiv Gʻarb”ning Janubiy Kavkazni geosiyosiy qarama-qarshilikka tortishga qaratilgan navbatdagi urinishi sifatida baholadi. Moskva Erevanni Gʻarbning aldovlariga uchmaslikka va Armanistonni notoʻgʻri yoʻldan yurgʻizishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirmoqda. Ayni paytda Armaniston-Ozarbayjon chegarasida harbiy vaziyat taranglashgan.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 183 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Zimbabve oltini (ZiG) milliy valyuta sifatida eʻʻlon qildi. Uning qiymati mamlakatda qazib olinayotgan oltin va xorijiy valyutalar zaxiralariga tayanadi. Hozirda 1 AQSh dollarini 36 ming Zimbabve dollariga sotib olish mumkin.
6 aprelga oʻtar kechasi Rossiya qoʻshinlari Ukrainaga 32 ta hujumchi uchuvchisiz uchoqlar, shuningdek, turli koʻrinishdagi oltita raketa bilan hujum qildi. Natijada Xarʻkov va Zaparojʻe viloyatlarida turar-joy binolari, ijtimoiy obʻʻektlar hamda yuk va engil avtomobillar zarar koʻrdi, 6 kishi halok boʻldi, 11 kishi yaralandi.
Rossiyaning Orenburg viloyati Orsk shahrida suv toshqini natijasida toʻgʻon buzildi. Aholi evakuatsiya qilinmoqda.
AQSh razvedkasi maʻʻlumotlariga koʻra, Eron Shahed uchuvchisiz uchoqlari va qanotli raketalardan foydalangan holda Isroilga qarshi javob qaytarishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, Eron taxminan 5-10 aprelʻ kunlari Isroilning mintaqa davlatlaridan biridagi elchixonasiga zarba beradi.
Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi Ramazon hayiti namozi onlayn oʻqilishi haqidagi xabarlarni rad etib, odatdagidek masjidlarda ado etilishini maʻʻlum qildi. Moskva hukumati bu yilgi Ramazon hayiti tadbirlarida 400 ming kishining ishtirok etishini kutmoqda.
Evropa sudi Londonning noqonuniy muhojir va qochqinlarni oʻz mamlakatiga chiqarib yuborish rejasiga cheklov kiritsa, Britaniya Evropa Inson huquqlari kengashi tarkibidan chiqishini maʻʻlum qildi.