Amerikalik taniqli faol, yozuvchi va sobiq pastor Shon King Ramazon oyining birinchi kuni turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda shahodat kalimasini keltirib, musulmon boʻlishganini eʻʻlon qildi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Frantsiyaning Moldovada mudofaa missiyasini ochishi va Janubiy Kavkazdagi harakatlarini faollashtirganiga munosabat bildirar ekan, bularni Parijning Afrikadagi muvaffaqiyatsizliklari oʻrnini qoplamoqchiligi bilan bogʻladi.
Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu ayrim arab etakchilari uni qoʻllab-quvvatlashini tan olib, ular Rafahga hujumni ham maʻʻqullashlarini taʻʻkidladi. "Ular buni [Rafahga hujumni] tushunishadi va hatto jimgina rozi boʻlishadi", dedi u.
Britaniya hukumati “ayrim antimusulmon kuchlarning keskinlikni keltirib chiqarishiga yoʻl qoʻymaslik uchun” britaniyalik musulmonlarni himoya qilishga 4 yil davomida 117 million funt sterling (taxminan 150 million dollar) ajratishga qaror qildi. Yangi mablagʻ masjidlar, musulmon diniy maktablari va boshqa jamoat markazlarini qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi.
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 157 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
Isroilda Sefardlar bosh ravvini Izhak Yosef ulʻtra-ortodoks yahudiylar uchun majburiy harbiy xizmat joriy etilsa, mamlakatni tark etish bilan tahdid qildi. Muxolifat esa uni mamlakat xavfsizligiga zarar etkazganlikda aybladi.
AQShning Nʻyu-York shahri timsollaridan hisoblangan Tayms-skverda taroveh namozi oʻqildi. Namozdan soʻng musulmonlar Gʻazo uchun duo qilishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh Gʻazo sektoriga tashlagan gumanitar yordamda muddati oʻtgan va tarkibida choʻchqa goʻshti boʻlgan armiya payogi aks etgan video paydo boʻldi. Avvalroq AQSh havodan tashlagan gumanitar yuklar parashyuti ochilmasdan, falastinliklar ustiga tushgan, natijada kamida 5 kishi halok boʻlgan edi.
Bangladesh, Misr, Indoneziya, Eron, Malayziya, Nigeriya, Pokiston va Turkiyani birlashtirgan “Islom sakkizligi” (D-8) tashkilotining yagona pul birligini tashkil etish taklif qilindi. Shuningdek, D-8 ga aʻʻzo davlatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 2030 yilga borib hozirgi 146 mlrd dollardan 500 mlrd dollarga oshirishga qaror qilindi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilning 1,3 milliondan ortiq falastinliklar boshpana topgan Gʻazoning Rafah shahriga ehtimoliy bostirib kirishi uning “qizil chizigʻi” ekanini, biroq ushbu davlatga qurol-yarogʻ etkazib berishni toʻxtatmoqchi emasligini taʻʻkidladi.