Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 119 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
Isroil harbiylari 2023 yil 27 oktyabrda ishgʻol ostidagi Gʻazoda quruqlikdagi amaliyotlar boshlanganidan beri sektor shimolidagi bir qancha hududlardan, shuningdek, Gʻazo shahri (eksklavning maʻʻmuriy markazi) shimoli-gʻarbiy qismidan chekindi.
AQSh prezidenti Jo Bayden bosib olingan Gʻarbiy Sohilda falastinliklarga qarshi zoʻravonlik qilgan ekstremist yahudiy koʻchmanchilarga qarshi sanktsiyalar joriy etish toʻgʻrisidagi farmonini imzoladi. Bu haqda Oq uyning yozma bayonotida soʻz boradi.
Evropa Ittifoqi Ukrainaga oʻz byudjetidan 50 milliard evro miqdorida qoʻshimcha yordam paketini kelishib oldi. Ushbu yordam paketi Ukrainaga 2024-2027 yillarda taqdim etiladi.
AQSh Turkiya va Livandagi 3ta kompaniya va 1 jismoniy shaxsga nisbatan Islom inqilobi korpusi qoʻriqchilari va Hizbullohni moliyaviy qoʻllab‑quvvatlagani uchun sanktsiya kiritdi. Ular Eron xomashyosi tovarlarini jahon bozorida xarid qilish, tashish va sotishda ayblangan.
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 118 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
Rossiya Afrikada "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi oʻrniga 20 ming kishilik "Afrika korpusi"ni tashkil etishni rejalashtirmoqda. Sobiq vagnerchilar va yangi yollanma askarlar orqali RF "Vagner"ning Afrikadagi biznesi, jumladan, oltin va olmos qazib olishni ham oʻz nazoratiga olmoqchi.
Gʻazo shimolida HAMAS tomonidan Isroil armiyasining yuqori martabali zobiti – 36 yoshi mayor Itsxar Xoffman oʻldirildi. Gʻazo hududida yoʻq qilingan isroil harbiylari soni 561 nafarga etdi. Oʻn minglab jarohatlanganlar bor.
Isroilning Gʻazoda amalga oshirayotgan qatliomi qurbonlari soni 26,9 ming nafardan oshdi, qariyb 66 ming kishi jarohatlangan.
Rossiya Davlat Dumasi armiyani obroʻsizlantirgan shaxslarning mol‑mulklarini musodara qilish, faxriy unvonlardan mahrum etish va boshqalarni koʻzda tutgan qonunni maʻʻqulladi.