Isroil armiyasi Suriya poytaxti Damashq shahri janubidagi Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi inshootiga zarba berdi. Hujum oqibatida kamida 6 nafar eronlik harbiy halok boʻlgani aytilmoqda.
Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn dushanba kuni Islomobodda Pokiston TIV rahbari Jalil Abbos Jiloniy bilan uchrashdi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasida hech qanday chegara daʻʻvolari yoʻqligini hamda terrorizmga qarshi birgalikda kurashish rejasini maʻʻlum qildi.
Nigeriyaning markaziy Plato shtatida chorvadorlar va fermerlar oʻrtasida besh kundan buyon davom etayotgan toʻqnashuvlarda besh kun ichida 48 kishi halok boʻldi. Toʻqnashuvlar chorma mollarining oʻgʻirlangani sababli boshlangan. Mojaro vaqtida 6 ta masjid va 2 ta cherkov yoqib yuborilgan.
Iordaniyaning Suriya bilan chegarasida dron orqali amalga oshirilgan hujumda 3 nafar AQSh askari halok boʻldi va eng kamida 34 nafari jarohatlandi. Jo Bayden hujumda bevosita Eronni aybladi. Asosiy maʻʻlumotlar va bayonotlar.
26 yanvarʻ kuni Gaagadagi BMT Xalqaro sudi JARning Isroilni Gʻazoda falastinliklarga qarshi genotsid uyushtirganlikda ayblab kiritgan daʻʻvosi yuzasidan hukm chiqardi. Aksariyat mamlakatlar, xususan JAR, shuningdek, HAMAS harakati tomonidan olqishlangan, Isroil va uning ittifoqchilari raddiya bergan qaror aslida nimani anglatadi? Bu yakuniy hukmmi yoki Isroilga qarshi keng koʻlamli hukmlarning boshlanishi? Azon Global ushbu mavzuni oʻrgandi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreesus Tel‑Avivning JSST HAMAS bilan til biriktirib, Isroilga qarshi fitna uyushtirayotgani haqidagi daʻʻvolarini rad etdi.
Eron janubi-sharqidagi Siston va Balujiston viloyatida nomaʻʻlum shaxslar tomonidan uyushtirilgan qurolli hujum natijasida 9 kishi halok boʻldi. Qurbonlarning barchasi xorij fuqarolari ekani maʻʻlum qilindi.
Yaponiyada 2023 yilda 21,8 mingdan ortiq oʻz joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan boʻlib, shundan 1010 tasi oʻquvchi‑talabalar oʻrtasida. Yil davomida 14,8 ming erkak, 6,9 mingdan ziyodroq ayollar suitsidni amalga oshirgan.
Yamanning «Ansorulloh» harakati (husiylar) Adan koʻrfazida Britaniya neftʻ tankeriga hujum uyushtirilganini maʻʻlum qildi. Tarmoqlarda alanga ichida qolgan kema tasvirlari tarqaldi.
Yahudiy matbuoti Isroil qoʻshinlari Gʻazo sektori shimolini tark etganidan soʻng HAMAS harakati yana eksklavdagi nazoratni qoʻliga olgani va davlat xizmatlarini koʻrsatishni tiklagani haqida xabar berdi.