Moskva viloyatining Stanovoe qishlogʻi yaqinida haydovchi katta yoʻlga ustki kiyimsiz sudralib chiqqan 11 oylik chaqaloqni qutqarib qoldi. Sovuqdan muzlab, yigʻlayotgan bolani payqagan haydovchi darhol toʻxtab, uni isitishga harakat qilgan va tez yordam hamda politsiyaga xabar bergan.
AQSh prezidenti Donalьd Tramp Xalqaro jinoiy sud (XJS)ga qarshi sanktsiyalar qoʻllash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bu qaror XJSning Isroil bosh vaziri Binьyamin Netanьyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olish orderi chiqargani bilan bogʻliq.
Isroil rasman BMT Inson huquqlari kengashidan chiqdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Gideon Saar maʻʻlum qildi.
Oʻzbekiston Shveytsariya bilan Gulnora Karimovaga tegishli musodara qilingan aktivlarni qaytarish boʻyicha yangi kelishuv imzoladi. Bu kelishuv asosida 182 million dollar Oʻzbekistonga qaytariladi.
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat davomida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Afrika qitʻʻasining eng gavjum mamlakati, 50 foiz aholisi musulmonlar boʻlgan, Nigeriyada meningit, Lassa isitmasi, vabo, qizamiq va bezgak kabi xavfli kasalliklar keng tarqalmoqda.
AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) Amerika qoʻshinlarini Suriyadan toʻliq olib chiqib ketish rejasini tayyorlamoqda.
Iordaniya qiroli Abdulloh II Falastin xalqining oʻz zaminida qolishi zarurligini taʻʻkidlab, falastinliklarni Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohildan koʻchishga urinishlarini rad etdi.
AQSh prezidenti Donalʻd Tramp Isroilga MOAB ("Barcha bombalarning onasi") deb ataluvchi eng kuchli yadro boʻlmagan bomba etkazib berishga ruxsat berdi.
Bugun Eronning Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi harbiy-dengiz kuchlari oʻz tarixidagi birinchi dron tashuvchi – "Shahid Bagʻiriy"ni rasman qabul qildi.