Meksika hukumati AQShdagi besh million noqonuniy meksikalik muhojirlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqdi. Donalʻd Tramp vaʻʻda qilgan AQSh tarixidagi “eng yirik deportatsiya operatsiyasi”ga tayyorgarlik doirasida hukumat 2600 dan ortiq advokat va 2200 konsullik xodimini safarbar qildi. Shuningdek, chegaraoldi shaharlarda vaqtinchalik boshpanalar qurdi.
2024 yilda Rossiya hududlari orasida jinoyatchilikning eng past darajasi Checheniston, Ingushetiya va Dogʻistonda kuzatildi. Jumladan, Chechenistonda oʻtgan yili har 10 ming aholiga atigi 17 jinoyat toʻgʻri kelgan. Taqqoslash uchun, mamlakat miqyosida bu koʻrsatkich oʻrtacha 131 tani tashkil etadi.
Italiyada oʻta oʻngchi «Liga» partiyasi jamoat joylarida yuzni berkituvchi libos qismi – niqob taqishni taqiqlash taklifini ilgari surdi. Ushbu taqiq buzilgan taqdirda 30 ming evrogacha jarima yoki ikki yilgacha qamoq jazosi joriy etish taklif etilmoqda.
Nigeriyada benzovoz agʻdarilishi natijasida 60 tonna yoqilgʻi erga toʻkildi. Uni yigʻish uchun olomon toʻplangan vaqtda portlash roʻy berdi va kamida 86 kishi halok boʻldi. Qurbonlarning kamida 80 nafari ommaviy qabrga koʻmildi. Oktyabrda ham xuddi shunday holatda 180 dan ortiq odam oʻlgandi.
AQSh prezidenti Donalʻd Tramp Gʻazodagi sulhning davom etishiga ishonchi komil emasligini aytib, "Bu bizning urushimiz emas. Bu ularning urushi", - dedi.
AQSh prezidentiligi lavozimiga kirishgan Donald Tramp inauguratsiya marosimida avvalgi hukumatni tanqid qilib, Amerikaning yangi oltin asri boshlanganini taʻʻkidladi. U faqat ikki: erkak va ayol jinsini mustahkamlashga vaʻʻda berdi. Tramp nutqidan asosiy iqtiboslar.
Tailandda immigratsiya hibsxonasida saqlanayotgan bir guruh uygʻur muhojirlar Xitoyga deportatsiya qilinishi mumkinligidan qoʻrqib, bir necha kundan beri ochlik eʻʻlon qilishmoqda.
Otashkesim eʻʻlon qilinganiga oltinchi kun. 471 kun davom etgan genotsid paytida fashistlar 155 ming kishini oʻldirdi va yarador qildi, 11 ming kishi bedarak yoʻqoldi.
Donald Tramp ikkinchi marta AQShning 47-prezidenti sifatida rasman ish boshlaydi.