Isroil soʻnggi kunlarini yashayotgan Sovet Ittifoqiga oʻxshab qoldi
Isroil soʻnggi kunlarini yashayotgan Sovet Ittifoqiga oʻxshab qoldi
Yigirma yil ilgari rossiya-amerikalik antropolog Aleksey Yurchak Sovet Ittifoqi umrining oxirgi yigirma yilligidagi bemaъni va gʻayrioddiy voqelikni tasvirlash uchun "gipernormallashtirish" atamasini kiritgan edi.
Oʻsha davrda fuqarolar ham, amaldorlar ham sovet tizimi ishlamayotganini va haqiqatni aks ettirmay qoʻyganini ich-ichlaridan bilib turishardi — lekin hamma goʻyo hech narsa boʻlmaganday yashashda davom etardi.
Berlin devori qulashi yoki qudratli Sovet Ittifoqining 15 ta mustaqil davlatga parchalanib ketishi, Rossiya 1990-yillarda AQShning bugʻdoy importiga qaram boʻlib qolishini juda kam odamgina bashorat qila oldi.
Oʻtmishga nazar tashlasak, bu tizimning nosogʻlom qismlarini aniqlash, Yurchak gipernormallashgan deb taъriflagan holat aslida qanchalar gʻayrioddiy va beqaror ekanligini tushunish oson boʻladi.
Eъtibor qiling: yaqinda Gʻazoda Isroil armiyasi tomonidan 15 nafar tibbiyot xodimi va qutqaruvchi qatl etildi. Ulardan biri bu voqeani videoga tushirib, Isroil armiyasining rasmiy bayonoti asossiz ekanini isbotlagach, dunyo savollar bera boshladi.
Isroilda esa bu voqea deyarli aks-sado bermadi. Jamoatchilik tomonidan na muhokama qilindi, na axloqiy mulohaza olib borildi — garovga olinganlarning oilalari bundan mustasno. Ular yaqinlarini himoya qilishda davom etmoqdalar, biroq bu himoya qilishlar 2 million gʻazolikning azob-uqubatlarini tan olmasdan amalga oshirilmoqda.
Qutqaruvchilarning hech bir asossiz, antiutopik filьmlardagiday qatl qilingani, Isroil jamiyati esa xuddi bularning barchasi oʻzga sayyorada sodir boʻlgandek yashashda davom etayotgani kishini hayratlantirmay qoʻymaydi.
Birorta ham isroillik siyosatchi bu hodisa yuzasidan soʻrov yubormadi yoki uni tanqid qilmadi. Bu telbaliklar Isroil jamiyatining voqelikdan ajralib qolgan kognitiv dissonans holatida ekani koʻrinadi.
Davlat institutlarining zaiflashishi
Oʻtgan yil oxirida "Amnesti Interneyshnl” Isroil boʻlimi tashkilotning Gʻazodagi genotsid hisobotini qabul qilishdan bosh tortdi. Keyinchalik xalqaro tashkilot tomonidan faoliyati toʻxtatilgan "Amnesti Israel" Gʻazodagi dahshatlarga bevosita guvoh boʻlgan boʻlsa-da, ularni oqlashga xizmat qiluvchi jamoatchilik muhokamasiga urgʻu berib, hisobot tayyorladi.
Isroil urushi Gʻazoda 51 mingdan ortiq odamni hayotdan olib ketdi va keng qamrovli ocharchilikka sabab boʻldi. Isroil jamiyatining bu zoʻravonlikni haddan tashqari normallashgan tarzda qabul qilishi millat yanada bemaъnilikka botib borayotgani, uning bosh vaziri esa davlat institutlarini barbod qilayotgan bir vaqtda kechmoqda.
Isroil bosh vaziri Binьyamin Netanyaxu Vengriyaga tashrifi chogʻida Budapeshtdagi Davlat xizmati universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor boʻldi. Goʻyoki genotsidni amalga oshirish va Xalqaro jinoiy sud tomonidan qidiruvda boʻlish akademik unvonlarga loyiqlik mezonlaridan boʻlib qoldi.
Yanada hayratlanarlisi, Netanyaxu davlat xizmatchilarini tayyorlashga ixtisoslashgan muassasada turib otasining "chuqur davlat" qudrati haqidagi ogohlantirishiga tayangan holda davlat xizmati tizimining oʻziga hujum qildi.
"Chuqur davlat" atamasi 1990-yillarda Turkiyada demokratik nazoratdan tashqarida faoliyat yurituvchi generallar va yuqori martabali amaldorlarning yashirin tarmogʻini tasvirlash uchun paydo boʻlgan deb hisoblanadi. Netanyaxu esa Isroilda chuqur davlat yoʻqligini juda yaxshi biladi — chunki unga bunday tizim kerak emas.
Bugungi kunda Isroilda sodir boʻlayotgan voqealarda normal holat mavjud emas. Hozirgi telbaliklar cheksiz davom etishi mumkin, degan fikr nafaqat asossiz, balki xavfli hamdir.
Masalan, Isroilning uchta asosiy instituti: armiya, politsiya va Oliy sudni olaylik.
Armiya toʻntarishlarni boshdan kechirmoqda, koʻplab qoʻmondonlar 2023 yil 7 oktyabrdagi muvaffaqiyatsizliklardan soʻng isteъfoga chiqmoqda yoki lavozimidan chetlashtirilmoqda. Politsiya xizmatlari oʻta oʻngchi milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvir taъsirida izdan chiqyapti, Shin Bet esa "Kaxanistlar kirib olishi" masalasini tekshirish bilan band.
Koʻpincha soʻlchi yoki liberal yoʻnalishni qoʻllab-quvvatlashda ayblangan Oliy sud aslida Isroilni xalqaro miqyosda himoya qilish haqida koʻproq qaygʻurmoqda. Hatto yahudiylarning Falastin fuqarolaridan ustunligini mustahkamlovchi bahsli qonun kabi asosiy oʻziga xoslik masalalariga duch kelganda ham, sud toʻliq Netanyaxu hukumati tomonida boʻlmoqda. Shu bois uni ishgʻol qilingan Gʻarbiy sohildagi koʻchmanchilar erlarini tortib olishni qonuniylashtirgan sud deb atash mumkin.
Oddiy demokratiyalardan farqli oʻlaroq, Isroilda xavfsizlik sohasidagi arboblar nafaqat hurmat-eъtiborga sazovor, balki ular siyosatga professional tarzda yoʻnaltiriladi. Moshe Dayandan tortib Isxak Rabin, Ariel Sharon, Shaul Mofaz, Benni Gans va boshqalargacha, barchasi uchun xavfsizlik sohasidagi tajriba toʻgʻridan-toʻgʻri hokimiyatga olib boruvchi yoʻldir.
Shu bilan birga, Netanyaxu byurokratik nazoratga qarshi chiqsa-da, rafiqasi va oʻgʻli hech qanday qonuniy vakolatga ega boʻlmay turib, yuqori davlat lavozimlariga aralashganlikda ayblangan. Ikkalasi ham qutblashtiruvchi shaxslarga aylandi — aholining bir qismi ularni ilohiylashtirgan boʻlsa, boshqa bir qismi ulardan qattiq nafratlanadi.
Yumshoq kuchni rad etish
Isroildagi ichki inqirozga qaramay, Netanyaxu oʻzining xavfli mintaqaviy ambitsiyalarini qatъiy davom ettirmoqda. U yaqinda Oq uyga tashrifidan qaytgach, Vashingtonga AQSh va Eron oʻrtasidagi muzokaralarda maъlum shartlar bajarilmasa, Eronga zarba berish masalasini koʻrib chiqishni taklif qildi. Shu bilan birga, Suriyaning Isroil strategik manfaatlariga mos tarzda parchalanishini qoʻllab-quvvatlayapti — goʻyo suriyaliklar oʻz kelajagiga oʻzi xoʻjayin emasdek.
Netanyaxu Gʻazo aholisini koʻchirish rejasi haqida gapirishni ham toʻxtatmayapti, garchi arab dunyosi va xalqaro hamjamiyat bu gʻoyani global barqarorlikka xavfli tahdid sifatida rad etayotgan boʻlsa-da.
Shunga qaramay, Isroil koʻchalarida AQSh prezidenti Donalьd Tramp va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning "Isroil Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni normallashtirish uchun tayyor" degan mazmundagi ulkan reklama taxtalarini uchratish mumkin.
Netanyaxu va koʻplab isroilliklar ishonishni qanchalik istamasin, Isroil mintaqaviy gegemon boʻla olmaydi. Bunga uning harbiy qudrati cheklangani sabab emas; aksincha, AQSh va keng Gʻarb qoʻllab-quvvatlashi sabab u sezilarli qudratga egadir. Shu boisdan Isroil yumshoq kuchni butunlay rad etadi.
Dunyodagi yadroviy kuchlar tanklar va sanktsiyalarning oʻzi hamma narsani nazorat qila olmasligini yaxshi bilgani holda, qattiq kuchni yumshoq kuch bilan muvozanatlashtiradi. Madaniyat, ijtimoiy oʻzgarishlar, iqlim, insonlar — bular ham jahon siyosatini tubdan shakllantiruvchi omillardir.
Bundan tashqari, demografiya va geografiya Isroil egallamoqchi boʻlgan hududlar hamda u boshqarishni istagan millionlab suriyalik, livanlik va falastinliklar masalasida Isroilga ustunlik bermaydi.
Isroilning yovuz kuchga tayanishi allaqachon uning inqiroz va zavol alomatlarini koʻrsatyapti. Isroilning turli guruhlari oʻrtasidagi siyosiy ziddiyatlar — ayniqsa garovga olinganlar masalasida — armiyaning oʻziga ham taъsir qila boshladi, hozirda zaxiradagi askarlar keng koʻlamli toliqishni boshdan kechiryapti. Urushning askarlarga uzoq muddatli ruhiy taъsiri real voqelik boʻlib, ijtimoiy oqibatlari hozirdanoq koʻrinish beryapti.
Netanyaxuning mintaqaviy "sarguzashtlari" nafaqat Yaqin Sharqni beqarorlashtirmoqda, balki Isroil jamiyatining oʻzini ham tubdan parchalab tashlamoqda.
Abed Abu Shhadeh













