Tahlil
-
Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan absurd ayblardan yana biri “diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston hududiga olib kirish va tarqatish”. Domla yurtimizga birorta moddiy material olib kirmagan, hammasi virtual shaklda jahon internet tarmogʻida uzatilgan. Internet zamonida yashayapmiz, butun dunyo bitta qozonda qaynayapti, Er yuzi global maydonga aylanib boʻldi, shuning uchun internet tarmogʻida hududiy yaxlitlik degan narsa maъnosini butkul yoʻqotdi. Jahonga tarqalgan material, tabiiy, Oʻzbekistonga ham etadi. Kirmasin desak, internetni uzish kerak. Iloji bormi?
-
X (sobiq tvitter)da oʻqidim (kim yozganini eslay olmayman) "isroilliklar Gʻazodagi dahshatli qirgʻinbarot uchun Xolokost voqealari elkasiga yuklangan nemislarga qaraganda koʻproq javobgar ekan". Ushbu soʻzlar muallifi 5 ta sabab keltirgan, lekin men 3 tasini eslab qoldim:
-
Istanbulda toʻy qilishning oʻrtacha xarajati 1 mln liraga yaqinlashdi. Rejalashtirish agentligi (İPA) maъlumotlariga koʻra, turklar oddiy toʻy qilish uchun 850 ming lira (≈ 20,7 ming dollar), ochiq osmon ostidagi toʻy uchun esa 982 ming lira (≈ 23,9 ming dollar) sarflashadi. Bu hisob-kitoblarga xina qoʻyish, nishon, taqinchoq taqish marosimlari va asal oyi xarajatlari kiritilmagan. Hayron boʻlmang, Oʻzbekistonda ham vaziyat bundan qolishmaydi.
-
Bugun Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻzini demokratiya va erkinlik homiysi sifatida koʻrsatadi. Ammo uning tarixida oʻchmaydigan qora sahifa bor – haqiqiy amerikalik hindularga qarshi genotsid.
-
1949 yildagi Toʻrtinchi Jeneva Konventsiyasi va 1907 yildagi Gaaga Reglamentlarida ochiq aytilgan: bosqinchi davlatlar oʻz nazoratidagi aholiga oziq-ovqat, suv va tibbiy xizmatni taъminlashga majbur! Buni toʻsish yoki kechiktirish esa nafaqat gʻayriinsoniy, balki urush jinoyati sifatida baholanadi. Bundan tashqari, mahalliy aholini majburan koʻchirish yoki oʻz fuqarolarini ishgʻol qilingan hududlarga joylashtirish ham xalqaro huquqqa ziddir. Bosqinchi isroil esa bu normalarni muntazam ravishda buzmoqda.
-
Zangezur koridori Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari uchun iqtisodiy va geosiyosiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Forbes tomonidan keltirilgan Jahon banki hisob-kitoblariga koʻra, koridor ochilsa, 2027 yilgacha jahon savdosining yillik hajmi qiymat jihatidan 50-100 milliard dollarga oshishi mumkin. Bloomberg baholashicha, yoʻlni blokdan chiqarish Evroosiyo orqali yuk tranzitini 12-15 soatga qisqartirgan boʻlardi. Caspian Policy Center hisob-kitoblari boʻyicha, 5-10 yil ichida infratuzilma xarajatlarini 3-5 milliard dollarga tejash mumkin, Oxford Economics esa yillik logistika xarajatlarini 20-30 milliard dollarga kamayishini prognoz qilgan.
-
Ahmadboyga pul tikkanlarning aksari Xbetga ham tikkan. Ahmadboy yoʻqolgani bilan, Teshavoyga pul tikaverishadi. Oʻsha Ahmadboyga aldanganlar uning piramida ekanligini, bir kun kelib qanchadan-qancha odam tushib qolishini ham bilgan. Faqat "orada men pulimni aylantirib olaman", deb oʻylagan.
-
Soʻnggi haftalarda qator mamlakatlar, jumladan Ispaniya, Norvegiya, Irlandiya, Sloveniya va boshqalar Falastin davlatini rasman tan olishi haqida rasmiy bayonotlar bilan chiqishdi. Baъzilar buni tarixiy qadam, deb baholashmoqda. Boshqalar uchun esa – bu oʻnlab yillik bosqin va azoblardan keyingi maъnaviy gʻalabadir.
-
Har qanday jamiyatning taraqqiyoti, barqarorligi, saodati avvalo, insonning qalbi va ruhiyatiga bogʻliq. Millat taqdiri toʻgʻri tarbiya va maъnaviy asoslardan boshlanadi. Bu muqaddas vazifa birinchi galda davlat va jamiyat zimmasiga tushadi. Agar davlat va jamiyat oʻz farzandlarining ongi, qalbi, axloqi va ruhiyatiga befarq boʻlsa, yil sayin vaziyat ogʻirlashib, halokat tomon yuz tutadi.
-
Mahmud Abbos Isroil va AQShni qanchalik xotirjam qilishga urinmasin, sionistlar Falastin maъmuriyatini haqorat qilish, zaiflashtirish, unga nisbatan sanktsiyalar joriy qilish va iqtisodiy inqirozga uchratish harakatlaridan toʻxtamayapti. HAMASning qurolli qarshilikni legallashtirishdagi asosiy dalili – bu shundan iboratki: kuch ishlatmay kurashish, axborot targʻiboti, fuqarolik itoatsizligi, xalqaro sudlar, diplomatiya, tinchlik jarayonlari – bularning barchasi befoyda. Agar shularga urinsangiz, Isroil va AQShdan shunchaki tarsaki eysiz, dunyo esa sizga emas, bosqinchiga ogʻishadi, natija esa – nolь.





















