6 yil avval ovozli xabar yuborgan fuqaro 5 yilga qamaldi
Oʻzbekistonda 6 yil muqaddam ikki tanishiga diniy mazmundagi ovozli xabar yuborgan fuqaro besh yilu bir oy muddatga qamaldi. Advokatlar sudning hukmi qonun talablariga zid, asossiz, adolatsiz, noshaffof deb hisoblamoqda.
Jinoyat ishari boʻyicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudining 2024 yil 19 dekabrdagi hukmi bilan 6 yil muqaddam BAAdan turib ikki tanishiga diniy mazmundagi ovozli xabar joʻnatgan Iliusinov Sanʻʻatjon Parxatovichni besh yilu bir oy muddatga qamash toʻgʻrisida hukm chiqardi.
Raislik etuvchi sudʻya Sarkor Shodmonov Sanʻʻatjon Iliusinovni Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi va 156-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topgan.
Sanʻʻatjon Iliusinovga JKning 2441-moddasi 3-qismining “g” bandi, 156-moddaning 2-qismi, 59-moddalari bilan jinoyatlar majmui tariqasida uzil-kesil oʻtashi uchun 5 (besh) yil-u 1 (bir) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Advokatlar sudning hukmi qonun talablariga zid, asossiz, adolatsiz, noshaffof deb hisoblamoqda. Jumladan, Sanʻʻatjon Iliusinovning xarakatlarida Jinoyat kodeksining 156-moddasi (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish) tarkibi mavjud emas.
1992 yil Toshkent shahrida tugʻilgan, rassomchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi Sanʻʻatjon Iliusinov 2018-2019 yillarda kasbiy faoliyati bilan bogʻliq holda ishlash uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga borgan. Oʻsha vaqtlarda, yaʻʻni 2019 yil iyulʻ oyida “Telegram” orqali oʻzining ikki nafar tanishiga mamlakatdagi qonunlar shariatga toʻgʻri kelmasligini, qonun chiqaruvchi Senatda musulmon boʻlmaganlar ham borligi toʻgʻrisida ovozli xabar yuborgan.
Advokatlarning qayd etishicha, sud tomonidan Iliusinovga jazo tayinlashda uning muqaddam sudlanmaganligi, oilada yolgʻiz boquvchi ekanligi, qaramogʻida kasalmand va boquvchisiz onasi, turmush oʻrtogʻi hamda uch nafar voyaga etmagan farzandlari borligi, katta qizchasi kasalmandligi, uning bunday xabar mumkin emasligini bilmaganligi, ovozli xabar bundan olti yil avval yuborilganligi, uni biror bir diniy oqimga yoki diniy yoʻnalishga moyilligi yoʻqligi inobatga olinmagan.
Bundan tashqari, uning 6 oydan beri ehtiyot chorasi sifatida 1-son Tergov hibsxonasida (Toshturmada) saqlanayotganligi, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon ekanligi, aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgani, pushaymonligi toʻgʻrisida oʻzi, onasi, turmush oʻrtogʻi tomonidan bir necha marta, sudga va prezident nomiga arizalar yozib bergani, mahalladan ijobiy tavsiflanganligi, mahalla tomonidan bundan buyon uni nazorat qilish boʻyicha kafil boʻlganligi toʻgʻrisida kafolat xati berilganligi va boshqa holatlar ham inobatga olinmagan.
Zero, Sanʻʻatjon Iliusinovning harakatlarida qasd mavjud emasligi, bilmasdan, mohiyatini anglamasdan bundan 6 yil avval ovozli xabar yuborgani taʻʻkidlangan.













