Prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva oʻz sahifasida eъlon qilgan xabarga koʻra, nikohdan ajratishda sudlar tomonidan tayinlanadigan “yarashtirish davri”ni bekor qilishga oid qonun Prezident tomonidan imzolandi.


Mirziyoeva bu oʻzgarishni ayollarni oiladagi zoʻravonlikdan himoya qilish va ularning huquqlarini hurmat qilish yoʻlidagi muhim qadam sifatida baholadi. 


“Agar oilada inson qadr-qimmati hurmat qilinmasa va u jismoniy, psixologik yoki iqtisodiy tahqirlarga duch kelsa, murosaga kelishning imkoni yoʻq”, deya taъkidladi u.


Bu oʻzgartirish nafaqat ayollar, balki zoʻravonlik muhitida ulgʻayayotgan bolalar uchun ham katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.


Prezident yordamchisi, shuningdek, ota-onalarga murojaat qilib, qiz farzandlarning zoʻravonlikdan qochib uyga qaytishi sharmandalik emas, aksincha, ularni zoʻravonlikka toqat qilishga majburlash — haqiqiy sharmandalik ekanini eslatdi.

Mavzuga aloqador