AQSh ravvinlari Trampdan Ibrohim kelishuvlarini turkiy davlatlarga kengaytirishni soʻrashdi
50 dan ortiq ravvin AQSh prezidenti Donalьd Trampga Ibrohim kelishuvlarini kengaytirish va unga turkiy davlatlarni ham qoʻshish boʻyicha rasmiy murojaat bilan chiqdi. Ularning fikricha, bu qadam Isroil va musulmon davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ibrohim kelishuvi nima?
Ibrohim kelishuvi (Abraham Accords) – Isroil va bir qator arab davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish boʻyicha tarixiy diplomatik kelishuvlar boʻlib, ular 2020–2021 yillarda AQSh vositachiligida imzolangan. Bu kelishuvlar doirasida:
BAA, Bahrayn, Sudan va Marokash Isroilni rasman tan oldi va diplomatik munosabatlar oʻrnatdi.
Davlatlar oʻrtasida savdo, turizm, xavfsizlik va texnologiya sohalarida hamkorlik kuchaytirildi.
Arab davlatlari Falastin muammosi echimini Isroil bilan muzokaralar orqali hal qilishni maъqulladi.
Turkiy davlatlar va Isroil hamkorligi
Ravvinlar taklif qilgan Ozarbayjon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston soʻnggi yillarda Isroil bilan iqtisodiy va strategik hamkorlikni faol rivojlantirib kelmoqda:
Ozarbayjon Isroilni neftь bilan taъminlaydi va undan harbiy texnika xarid qiladi. 2023 yilda Ozarbayjon Isroilda oʻz elchixonasini ochdi.
Qozogʻiston Isroil bilan qishloq xoʻjaligi va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik qiladi. Isroil Qozogʻistondagi suv xoʻjaligi loyihalarida faol ishtirok etmoqda.
Oʻzbekiston Isroil bilan sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni kuchaytirmoqda. Soʻnggi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi savdo hajmi keskin oshdi.
Mazkur tashabbus amalga oshsa, Isrlilning Markaziy Osiyo va Kavkazdagi geosiyosiy vaziyatga taъsiri sezilarli darajada ortishi kutilmoqda.