Oldinroq IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov texnik xato sababli Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ning ogʻir jinoyatlarda ayblanayotgani haqida notoʻgʻri axborotlar tarqatilganini tan olgan edi. Ustoz Mubashshir Ahmadning huquqlarini himoya qilayotgan "Verum law firm" advokatlik firmasi vatandoshlarni ijtimoiy tarmoqlarda IIV tomonidan yoʻlga qoʻyilgan texnik xatolik yuzasidan fikr bildirishda hissiyotlarga berilmaslikka chaqirdi.
25 noyabrʻ kuni Dubayda mehnat qilayotgan bir guruh Oʻzbekiston fuqarolari politsiya tomonidan olib ketilgan. Politsiya holat boʻyicha hech qanday izoh bermagan, ushlab turilganlar bilan bilan hech kim gaplasha olmayapti.