2025 yilning yoz mavsumi uchun Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasida "Bahri tojik" suv omboridan foydalanish boʻyicha kelishuv imzolandi. Bu haqda Tojikiston Energetika va suv xoʻjaligi vazirligi maъlum qildi.

Taqsimotga koʻra, iyundan avgust oyining oxirigacha Qozogʻistonga 491 million kub metr (m³) suv ajratiladi. 

Hozircha Tojikiston va Oʻzbekiston uchun belgilangan aniq suv miqdori haqida rasmiy maъlumot berilmagan.

Maъlumot uchun, "Bahri tojik" (ilgarigi "Qayroqqum") suv ombori — Tojikistondagi eng yirik suv manbalaridan biri boʻlib, 1950 yilda Sirdaryo daryosidan suv olish maqsadida qurilgan. Ushbu ombor “Tojik dengizi” deb ham ataladi.

Mavzuga aloqador