Buxorolik arab tili oʻqituvchisi qamaldi
2021 yildan buyon Buxoroda arab tilidan dars berib kelgan Sherzod Joʻraev Peshku tumani sudi tomonidan Maъmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks (MJTK)ning 94-241va 34-moddalari (noqonuniy diniy taъlim berish)da aybli deb topilib, 7 sutkaga qamaldi. Bundan tashqari unga 1 mln 875 ming soʻm miqdorida jarima jazosi ham tayinlangan.
Sherzod Joʻraev "Azon Global"ga Oʻzbekiston respublikasi qonunlarida belgilangan hujjatlar asosida talabalarga arab tilidan dars berib kelganini, hech qanday "Qurъon kursi" ochmaganini bildirdi.
Maъlumot uchun, Sherzod Joʻraev 2021-2023 yillar oraligʻida Buxoro viloyati masjidlaridan birida imom noibi sifatida faoliyat yuritgan.
2023 yilda uning Buxoro Tibbiyot institutida hijobi sabab bosimga uchrayotgan jiyani huquqini talab qilib, oʻquv muassasasiga borgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgandi. Shundan soʻng u masjiddagi ishidan olinganini aytgan.












