Davlat tilini bilmagan amaldorlar jarimaga tortiladi, Qirgʻizistonda
Qirgʻiz deputatlari davlat tili toʻgʻrisidagi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maъqulladi.
Yangi tuzatishlarga koʻra: parlament deputatlari, vazirlar mahkamasi raisi va aъzolari, konstitutsiyaviy, oliy va mahalliy sudlar sudьyalari, prokurorlar, tergovchilar, milliy bank, huquqni muhofaza qilish organlari hamda milliy xavfsizlik xodimlari uchun qirgʻiz tilini bilish majburiyati joriy etiladi.
Yana bir muhim oʻzgarish – “Tashqi migratsiya toʻgʻrisida”gi qonun bilan bogʻliq. Endilikda, davlat tilini etarli darajada bilmaslik mamlakatda doimiy yashash uchun ruxsatnoma berishni rad etishga asos boʻladi.
Til qonunchiligini buzgan jismoniy shaxslarga 5 ming som (taxminan 711 ming soʻm), yuridik shaxslarga esa 17 ming som (salkam 2 million 416 ming soʻm) miqdorida jarima solinadi.













