Kecha, 3 mart kuni Madaniyat vazirligida Oʻzbekistondagi kontsert-tomosha faoliyatida olib borilayotgan madaniy-maъrifiy ishlar hamda "Sanъatkor odobi" mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Vazirlik matbuot xizmatiga koʻra, tadbirda huquq-tartibot idoralari xodimlari, madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov, diniy qoʻmita matbuot kotibi Ilhom Maъrufov, "Oʻzbekkontsert" rahbariyati va xonandalar qatnashgan.

Yigʻilishda "Diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasi" mazmuni muhokama qilinib, "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi qonunga asosan oʻzbek sanъatkorlarning majburiy talablarga rioya qilishi hamda ularning "kontsert-tomosha sohasida u yoki bu dinni targʻib qilmasligi" aytib oʻtilgan.

Mavzuga aloqador