DXX Oʻzbekistonda 400 dan ziyod ogʻir jinoyatlarga moyil shaxslarni aniqladi
DXX Oʻzbekistonda 400 dan ziyod ogʻir jinoyatlarga moyil shaxslarni aniqladi
31 yanvar kuni Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot markazi mamlakatda oʻtkazilgan antiterroristik tadbirlar natijalari haqida rasmiy maʻʻlumot berdi.
Rasmiy bayonotga koʻra, jami 169 ta hududda terrorizm va ekstremizmga qarshi choralar koʻrilgan. Bu jarayonda huquq-tartibot organlari 400 dan ortiq ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni aniqlagan, 40 dan ziyod jinoiy guruh faoliyati tugatilgan va qidiruvda boʻlgan yuzdan ortiq shaxs qoʻlga olingan.
Bundan tashqari, hibsga olingan shaxslardan katta miqdorda qurol-yarogʻ hamda 30 kilogramm giyohvand moddalar musodara qilingan.
Avvalroq, Oʻzbekistonda koʻp bolali ota bir jinoiy ish doirasida hukm qilingani haqida xabar berilgan edi.













