Evropa Ittifoqi (EI) tomonidan taklif qilingan 150 milliard evrolik mudofaa investitsiyalari rejasi Frantsiya va Germaniya oʻrtasida kelishmovchiliklarga sabab boʻldi. Berlin ushbu dasturga Turkiyani ham qoʻshishni taklif qilmoqda, Parij esa faqat evropalik ishlab chiqaruvchilarni moliyalashtirishni talab qilmoqda.

Kimga ustuvorlik beriladi?

Germaniya ushbu mablagʻlardan EIning tashqi hamkorlari — Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shveytsariya va Turkiya ham foydalanishi kerakligini taъkidlamoqda. Kantsler Olaf Sholьts EI mudofaasini mustahkamlash uchun tashqi ittifoqchilar bilan hamkorlik muhimligini qayd etdi.
Frantsiya esa ushbu mablagʻlar faqat EIda ishlab chiqarilgan qurol-yarogʻ uchun sarflanishi kerakligini talab qilmoqda. Prezident Emmanuelь Makron Evropaning harbiy mustaqilligiga eъtibor qaratib, mablagʻlarni EIdan tashqarida sarflashga qarshi chiqdi.

Mudofaa rejasiga tahdidlar

Bryussel diplomatlari bu kelishmovchilik 150 milliard evrolik jamgʻarmaniamalga oshirishni sekinlashtirishi mumkinligidan xavotirda. Avvalroq 1,5 milliard evrolik Evropa mudofaa sanoati dasturi Frantsiyaning EIdan tashqarida ishlab chiqarilgan qismlardan foydalanishga qoʻygan cheklovlari sababli kechikkan edi.

Turkiyaning roli va ehtimoliy stsenariylar

Turkiya NATO aъzosi sifatida Evropaning mudofaa sanoatida muhim oʻrin tutadi, ayniqsa, dronlar va zarba tizimlari ishlab chiqarish sohasida. Germaniyaning qoʻllab-quvvatlashi Turkiyaning Evropa xavfsizligini taъminlashdagi rolini yanada kuchaytirishi mumkin.
EI ushbu tortishuvni hal qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Frantsiyaning qarshiligiga qaramay, jamgʻarmaning aksariyat ovoz bilan maъqullanishi kutilmoqda, ammo Makron pozitsiyasi sababli kechiktirilishi mumkin. Yaqin kunlarda EI etakchilari va mudofaa sanoati vakillari bu muammoni qanday hal qilish mumkinligini muhokama qilishadi.

Mavzuga aloqador