Erdoʻgʻon: "Maqsadimiz – turkman gazini Kaspiydan oʻtgan quvur orqali Turkiyaga olib kelish"
Anqara kelgusi 5 yil ichida Turkmaniston gazini Kaspiy dengizi tubidan oʻtuvchi quvur orqali Turkiyaga olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Istanbulda oʻtkazilgan sammitda maъlum qildi.
Uning aytishicha, Turkmanistondan birinchi gaz tranziti shu yil 1 martdan Eron hududi orqali amalga oshirilib, hozirga qadar 250 million kub metr tabiiy gaz etkazib berilgan.
“Yil oxirigacha jami 1,3 milliard kub metr tabiiy gaz etkazib beramiz. Hozir dastlabki rejamiz — shartnomani yana 5 yilga uzaytirish. Bizning asosiy maqsadimiz esa Turkman gazini Kaspiy tranzit quvuri orqali mamlakatimizga olib kelish. Agar bu amalga oshsa, nafaqat oʻzimiz, balki Evropa uchun ham gaz oqimlarini ancha koʻpaytirish imkoniyatiga ega boʻlamiz”, — deydi Turkiya rahbari.












