Erdoʻgʻon va Zelenskiy Turkiya va Ukraina oʻrtasidagi strategik sheriklikni muhokama qiladi
Anqara, 17 fevralь 2025 – Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Samolyot mahalliy vaqt bilan 21:08 da Anqara Esenbogʻa aeroportiga qoʻndi. Ukraina prezidentini aeroportda Turkiya rasmiylari kutib oldi.
18 fevralь kuni Zelenskiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon oʻrtasida Anqaradagi prezidentlik majmuasida uchrashuv boʻlib oʻtadi. Muzokaralar chogʻida Turkiya va Ukraina oʻrtasidagi strategik sheriklikning darajasi muhokama qilinadi. Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun kerakli qadamlar koʻrib chiqiladi.
Fahrettin Altun, Turkiya prezidenti maъmuriyatining aloqa boʻlimi boshligʻi, muzokaralar davomida Ukrainadagi soʻnggi oʻzgarishlar, mintaqaviy va global muammolar boʻyicha fikr almashilishi rejalashtirilganini maъlum qildi.

Mavzuga aloqador