Hindistonning ikkita dushmani bor edi, endi esa uchta boʻldi – hind generali
Avval Hindistonning ikkita chegaradosh dushmani bor edi, endi esa uchta. Bu haqda hind armiyasi shtab boshligʻi oʻrinbosari general Rahul Singx FICCI (Ishbilarmonlar va savdo-sanoat palatalari federatsiyasi) tomonidan tashkil etilgan tadbirda aytib oʻtdi.
"Bizning chegaradosh ikki dushmanimiz bor edi: endi esa uchta. Pokiston oldingi chiziqda. Xitoy esa unga qoʻlidan kelganicha yordam bermoqda: Pokiston harbiy texnikasining 81 foizi Xitoyda ishlab chiqarilgan. Endi esa ushbu davlatlar safiga Turkiya ham qoʻshildi", degan hind generali.
Uning taъkidlashicha, Pokiston va Hindiston urushi Xitoy uchun oʻz qurollarini sinovdan oʻtkazib olish uchun ajoyib imkoniyat boʻlgan. Turkiya ham Islom Respublikasini qoʻllab-quvvatlab, urushda muhim rolь oʻynagan.
Hindiston va Pokistonning harbiy operatsiyalari direktorlari muzokara olib borayotgan paytda, Pekin Islomobodga allaqachon hindlarning asosiy yoʻnalishlari haqidagi maъlumotlarni etkazgan boʻlishi mumkin.













