Japarov Qirgʻizistonda musulmonlar oʻrtasidagi boʻlinish
Sadir Japarovning aytishicha, Qirgʻiziston musulmonlari oʻrtasidagi boʻlinish xavfli
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat musulmonlari orasida turli diniy harakatlar koʻpaygani va bu holat xavf tugʻdirishi mumkinligini bildirdi. Uning taʻʻkidlashicha, bugungi kunda musulmonlar 15-20 ta harakatga boʻlingan.
Bu masala yuzasidan Japarov bir qator muhim chora-tadbirlarni eʻʻlon qildi.
Jumladan, 2024 yil mart oyidan boshlab masjidlarda faoliyat olib boradigan imom-xatiblarga oylik maosh toʻlanadi. Dastlab maosh miqdori 8 ming som etib belgilangan boʻlsa, yil oxirigacha 20 ming somga koʻtariladi.
Imomlar aholini Hanafiy mazhabiga muvofiq tarbiyalash va boshqa oqimlarga kirganlarni hidoyatga qaytarishga masʻʻul boʻladi.
Prezidentning taʻʻkidlashicha, mamlakat boʻylab barcha imomlar muftiyatga boʻysungan holda ish olib boradi. Shu tariqa, tarqoq oqimlar yagona tizimga keltiriladi.
Sadir Japarovning taʻʻkidlashicha, ushbu choralar Qirgʻizistonda diniy birlik va barqarorlikni taʻʻminlashga qaratilgan. “Hamma faqat muftiyatga boʻysinadi, tarqoq harakatlar tartibga keladi”, – dedi u.
Diniy harakatlarning koʻpayishi ekstremizm yoki ijtimoiy nizolarga olib kelishi mumkin. Hukumat diniy xodimlarni qoʻllab-quvvatlash orqali ularning ish faoliyatini kuchaytirish va turli oqimlar taʻʻsirini kamaytirishni maqsad qilmoqda.