Lavrov Samarqandda — Rossiya Tashqi ishlar vaziri nimani koʻzlamoqda?
BBC news xabariga koʻra, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekiston prezidenti bilan Samarqandda koʻrishib, muzokaralar olib bormoqda.
Bu – soʻnggi bir necha haftaning oʻzida rossiyalik yuqori martabali mulozimning Oʻzbekistonga ikkinchi tashrifi boʻladi.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash – har ikki tashrif manzarasida kun tartibidagi asosiy masalalardan biri oʻlaroq tilga olingan.
Biroq, Rossiyaning baъzi nashrlarida tarqalgan xabarlarga koʻra, Lavrov "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qoʻyarkan, haykaldagi ingliz tilidagi yozuvga qarab, "bu erga inglizlar qanday kelib qolishdi? Koʻrishimcha, yozuv ingliz tilida", deb soʻragan.
Bunga javoban Oʻzbek tomoni vakili u erda "barcha tillarda yozuvlar borligi"ni taъkidlagan. Lavrov esa, "Men ruschani koʻrmayapman”, degan.
Bu xabarni RIA novosti nashri ham oʻzining ishonchli manbalari orqali tasdiqladi. Hozirda esa, tarmoqlarda mavzuga doir turli muhokamalar avj olmoqda.












