Livanda “peyjerlar hujumi”dan bir necha kun oʻtib: Turkiya razvedkasi Istanbul aeroportida 2000 dan ortiq portlovchi uskunalarni musodara qilgan
Turkiya milliy razvedka xizmati (MİT) oʻtgan yil sentyabrь oyida Istanbul aeroportida Livanga yuborilishi kerak boʻlgan 1 300 ta peyjer va 710 ta quvvatlagichdan iborat yukni musodara qilgan. Bu haqda turk nashri Sabah xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu qurilmalar “Hizbulloh”ning aloqa vositalarini yoʻq qilish boʻyicha Isroilning maxsus amaliyoti chogʻida ishlatilgan portlovchi qurilmalarning aynan oʻsha brendi va modeliga taalluqli boʻlgan.
Nashrning yozishicha, MİT 2024 yil 16 sentyabr kuni Gonkongdan Istanbulga kelgan yuk toʻgʻrisida razved maъlumotlarini olgan. Unga koʻra, yuk 2024 yil 27 sentyabr kuni Livanga yuborilishi rejalashtirilgan boʻlgan — yaъni yuqorida zikr etilgan amaliyotdan bir necha kun keyin.
“Oziq-ovqat maydalovchi” deb nomlangan bu yuk tekshirilganda uning ichida portlovchi qurilmalar bilan jihozlangan uskunalar topilgan.