Mast haydovchilar sabab 4 yilda 322 kishi halok boʻldi – jazo kuchaytiriladimi?
Soʻnggi 4 yil ichida Oʻzbekistonda 600 ga yaqin yoʻl-transport hodisasi mast haydovchilar sababli sodir boʻlgan va 322 kishi halok boʻlgan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi yigʻilishida maъlum qilindi.
Yigʻilishda mutasaddi idoralar tomonidan Jinoyat kodeksining 266 moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklifi muhokama qilindi. Bu oʻzgartirishlar xavfli haydovchilarga, jumladan mast holatda yoki giyohvand moddalar taъsiri ostida haydovchilik qilgan shaxslarga nisbatan jazoni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, yigʻilish davomida qonun loyihasini tayyorlash uchun masъul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruh shakllantirish masalasi koʻrib chiqilgan.
Maъlumotlarga koʻra, fakat 2024 yilning oʻzida haydovchilik huquqidan mahrum qilingan shaxslar tomonidan 405 ta YTH sodir etilib, 94 kishi halok boʻlgan. Bu esa aholi oʻrtasida jiddiy eъtirozlarga sabab boʻlmoqda. Buning ortidan ijtimoiy tarmoqlarda amaldagi qonunlarni yanada kuchaytirish talabi oshib bormoqda.
Tahlilchilarning fikricha, mast haydovchilarga nisbatan jazo jiddiy kuchaytirilmasa, bunday holatlar davom etadi.













