Mirziyoev Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligini tanqid qildi
Prezident Shavkat Mirziyoev Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tanqid qildi.
“Islohotlar yoʻlidagi eng katta toʻsiq va gʻov – bu korruptsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham toʻliq tasdiqlaydi. Korruptsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar koʻrayotgani bu global xavf ekanidan dalolat. Korruptsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur etkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi”, degan prezident.
Prezident oʻzining tashabbuslari bilan amalga oshirilgan islohotlarni sanab oʻtar ekan, Shavkat Mirziyoev "nega bu ishlar Prezident topshiriq berganidan keyin boshlanishi kerak?" deya savol qoʻygan.
Oldinroq, Oʻzbekiston Transparency International tashkilotining jahon davlatlaridagi korruptsiya darajasi boʻyicha hisobotida Angola, Ekvador, Keniya, Shri-Lanka, Togo kabi davlatlar qatorida 32 ball toʻplab, 180 ta davlat orasida 121-oʻrinni egallagandi.













