Oliy sud maъlumotiga koʻra, 2025 yilning birinchi choragida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 162 665 nafar shaxsga nisbatan 138 557 ta maъmuriy huquqbuzarlik ishi koʻrib chiqildi. 


105 418 nafar shaxs maъmuriy jazoga tortildi, 19 201 nafar esa yarashuv munosabati bilan javobgarlikdan ozod etildi.


Maъmuriy ishlarning asosiy qismini mayda bezorilik, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, litsenziyasiz yoʻlovchi tashish, haqorat qilish, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish, jamoat joylarida spirtli ichimlik isteъmol qilish kabi huquqbuzarliklar tashkil etgan. 


Rasmiy maъlumotga koʻra, apellyatsiya tartibida 1 632 ta ish koʻrib chiqilib, 637 nafarga nisbatan qarorlar bekor qilingan. Kassatsiya tartibida esa, 2 380 ta ish koʻrib chiqilib, 1 021 nafarning qarori bekor qilingan.

Mavzuga aloqador