Olmaota aeroportida garovdagi xodimani qutqarib qolgan fuqaro mukofotlanadi
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev Olmaota
aeroportida garovga olingan xodimani qutqarish uchun oʻz hayotini xavf ostiga
qoʻygan mahalliy fuqaroning qahramonligini yuqori baholadi va uni mukofot bilan
taqdirlashni buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Ruslan Jeldibay “Telegram”-kanalida
maъlum qildi.
Hodisa juma kuni ertalab Qozogʻistonning ikkinchi yirik shahri aeroportida
dramatik yuz berdi. Qayd etilishicha, pichoq bilan hujum qilgan shaxs oʻzini yoʻlovchi
sifatida koʻrsatib, ichki terminalning parvoz oldi xavfsizlik zonasiga kirgan.
Aeroport xodimlarining hujjatlarni koʻrsatish talabiga javoban jinoyatchi
qoʻriqchining sochidan ushlab, oʻldirish bilan qoʻrqitib, unga pichoq tiragan.
Hodisaga yaqinlarini kutib olish uchun aeroportga
kelgan erkak guvoh boʻlgan. U tajovuzkor bilan muzokaralar olib borgan va
qizning oʻrniga oʻzini
garovga olishini taklif qilgan. Bosqinchi bunga rozi boʻlgan.
Qulay fursatdan foydalangan fuqaro hujumchining qoʻlidan pichoqni tortib oladi. Shu zahotiyoq oʻsha erdagi xavfsizlik xodimlari jinoyatchini qoʻlga oladi. U 67 yoshli
mamlakat fuqarosi boʻlib chiqdi. Uning maqsadi hozircha nomaъlum.
Erkakning jasorati eng yuqori darajada eъtirof
etildi.
“Prezident jinoyatchini zararsizlantirgan
odamning jasorati va mahoratini eъtirof etib, uni davlat mukofoti bilan
taqdirlashni buyurdi”, — deb yozadi Jeldibay.













