8 noyabrʻ kuni Ozarbayjonda Vatan urushidagi Gʻalabaning toʻrt yilligi nishonlanadi.

2020 yilning 27 sentyabrʻ kuni boshlangan qarshi hujum operatsiyasining dastlabki soatlaridanoq Ozarbayjon armiyasi Armaniston Qurolli Kuchlarining mustahkam mudofaa chizigʻini yorib oʻtib, respublikaning Fizuliy va Jabrail tumanlaridagi bosib olingan bir qator qishloqlar, shuningdek, strategik balandliklar, jumladan Murovdag tizmasidagi Murov choʻqqisi qaytarib olindi.

Butun 44 kunlik urush davomida Ozarbayjon armiyasi oʻnlab yillar davomida Armaniston ishgʻoli ostida boʻlgan erlarni ozod qildi.

Jumladan, 4 oktyabrda Jabrail shahri, 9 oktyabrga kelib Jabrail, Fuzuliy, Terter, Xoʻjavend tumanlaridagi qishloqlar, jumladan, Hadrut qishlogʻi egallandi.

17 oktyabrda Fuzuliy shahri Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan boʻlsa, bir kun oʻtib, 18 oktyabrʻ kuni mashhur Xudaferin koʻprigi ustida Ozarbayjon bayrogʻi oʻrnatildi.

19—20 oktyabrga qadar Jabrayil, Fuzuliy, Xoʻjavend va Zangilon tumanlaridagi yana bir qator aholi punktlari, jumladan, Zangilon shahri egallab olindi.

22 oktyabrʻ kuni Zangilon tumanining Agband qishlogʻi ozod etilishi bilan Ozarbayjon Eron bilan davlat chegarasini toʻliq nazorat qilishni taʻʻminladi.

2020 yilning 21-26 oktyabrʻ kunlari Zangilon, Jabrail, Fuzuliy, Xoʻjavend, Gubadli tumanlaridagi aholi punktlari hamda Gubadli shahri ozod qilindi. Bu Ozarbayjon armiyasiga Armanistonni Qorabogʻdagi ayirmachilar bilan bogʻlovchi asosiy magistralni oʻz nazoratiga olish imkonini berdi.

8 noyabrʻ kuni Shusha shahrining ozod qilinishi Armaniston qurolli kuchlarining qarshilik kuchi va ruhiyatini butunlay sindirib, Erevanni taslim boʻlishga majbur qildi.

Operatsiya boshlanganidan 2020 yil 27 sentyabrdan 9 noyabrga qadar Ozarbayjon armiyasi 5 ta shahar, 4 ta shaharcha va 286 dan ortiq qishloqni arman bosqinchilaridan ozod qildi.

10 noyabrʻ kuni Ozarbayjon prezidenti, Armaniston bosh vaziri va Rossiya prezidenti Qorabogʻda oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish va barcha harbiy amaliyotlar toʻgʻrisidagi bayonotni imzoladi.

Bayonotga koʻra, 20 noyabrʻ kuni Agdam tumani Ozarbayjonga qaytarildi – shu orqali mintaqaning 73 foizi, jumladan Agdam shahri ham ishgʻoldan ozod qilindi.

25 noyabrʻ kuni Kalbajar tumani Ozarbayjonga qaytarildi - 147 aholi punkti, jumladan, Kalbajar shahri ishgʻoldan ozod qilindi.

1 dekabrda esa Lochin tumani Ozarbayjonga qaytarildi.

2020 yil 3 dekabrda prezident Ilhom Aliev Ozarbayjonda 27 sentyabrni Xotira kuni deb belgilash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Ozarbayjon rahbarining yana bir farmoyishiga koʻra, Shusha shahri ishgʻoldan ozod qilingan kun — 8 noyabrʻ Ozarbayjon Respublikasida Gʻalaba kuni sifatida tantanali ravishda nishonlanadi.

Mavzuga aloqador