Oʻzbekiston yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan Afgʻonistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi.  


Oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat yuk Balx viloyatiga etkazilib, Hayraton shahrida rasmiylar ishtirokida topshirilgan.  


Yuk tarkibida un, bugʻdoy, makaron mahsulotlari, oʻsimlik yogʻi, shakar, qizil loviya va mosh kabi oziq-ovqat mahsulotlari bor.  


Shuningdek, tashrif doirasida Mozori Sharif shahrida ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazilib, unda kelgusidagi hamkorlik va Imom Buxoriy maqbarasi qurilishi haqida fikr almashilgan.


Shundan soʻng, Afgʻoniston rasmiylari Oʻzbekiston prezidenti va xalqiga koʻrsatayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirib, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yoʻllagan.

Mavzuga aloqador