Oʻzbekiston Evrosiyo taraqqiyot bankiga aʻʻzo boʻlishni rejalashtirmoqda
USD: 12 920,48 EUR: 13 436,01 RUB: 130,17
Kecha, 20:15 Siyosat Lotinchada
Oʻzbekiston 2025 yilda Evrosiyo taraqqiyot bankiga aʻʻzo boʻlishni rejalashtirmoqda
Shavkat Mirziyoev EOII yigʻilishida Oʻzbekiston va ittifoq davlatlari savdosida tarif va notarif cheklovlarni qoʻllamaslik, Ishbilarmonlik kengashi yigʻilishini Toshkentda oʻtkazish, turizm, IT va AI sohalarida hamkorlikni taklif qildi. Mamlakat 2025 yilda EOTBga aʻʻzo boʻlishni rejalashtirmoqda, dedi prezident.
Oʻzbekiston 2025 yilda Evrosiyo taraqqiyot bankiga aʻʻzo boʻlishni rejalashtirmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoev 26 dekabrʻ kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Oliy Evrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan raisligida (onlayn formatda) oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston rahbaridan tashqari boshqa prezidentlar: Belarusdan — Aleksandr Lukashenko, Qozogʻistondan — Qosim-Jomart Toqaev, Qirgʻizistondan — Sadir Japarov, Rossiyadan — Vladimir Putin, shuningdek, EOII huzuridagi kuzatuvchi mamlakat — Eron sanoat, konlar va savdo vaziri Said Muhammad Otabak ham qatnashdi. Kuba prezidenti Migelʻ Dias-Kanelʻ ishtirokchilarga videomurojaat yoʻlladi.
Kun tartibidan koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarida qoʻshma dasturlarni amalga oshirish masalalari oʻrin oldi.
eoii, eotb, prezident
Shavkat Mirziyoev soʻzining avvalida soʻnggi yillarda mamlakat kuzatuvchi sifatida Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan 22 ta yoʻnalishda samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyganini taʻʻkidladi.
Xususan, 2024 yilda Oʻzbekistonning ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 11 foizga oshdi. Oktyabrʻ oyida Evrosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan savdo, sanoat, moliya, qishloq xoʻjaligi, transport va boshqa sohalarda 40 ga yaqin chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan yangi uch yillik hamkorlik rejasi qabul qilindi.
Oʻzbekiston, shuningdek, EOIIning savdo va yuk tashishni raqamlashtirish, elektron tijoratni joriy etish, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish sohasidagi qator tarmoq dasturlarida faol ishtirok etmoqda.
Davlat rahbari 2025 yil mart oyidagi qoʻshma ishchi guruhining toʻrtinchi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrilayotganini taʻʻkidladi. Ittifoq bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga toʻxtaldi.
eoii, eotb, prezident
Xususan, prezident oʻzaro savdodagi savdo toʻsiqlarini bosqichma-bosqich bartaraf etishga chaqirdi. Shu nuqtai nazardan, Oʻzbekiston va EOII davlatlari oʻrtasidagi savdoda tarif va notarif cheklovlarni qoʻllamaslik masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqish taklif etildi.
Reklama joylashtirish
Amaliy harakatlar rejasini qabul qilgan holda, yaqin kelajakda texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirish boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazishga tayyorlik bildirildi.
Oʻzbekiston etakchisi tadbir yakunida imzolanayotgan Yagona bojxona tranziti tizimi toʻgʻrisidagi bitimda mamlakatning ishtirok etishi, shuningdek, bojxona chegaralari orqali olib oʻtilayotgan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida elektron maʻʻlumotlar almashinuvini tez fursatda joriy etish tarafdori ekanini taʻʻkidladi.
Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish dasturlarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari va vositalariga qoʻshilishdan manfaatdorlik bildirildi.
eoii, eotb, prezident
«Qoʻshma loyihalarni ilgari surish uchun ishonchli moliyaviy manbalarni shakllantirish maqsadida kelgusi yil boshida tartib-taomillarni yakunlab, Evrosiyo taraqqiyot bankiga aʻʻzo boʻlishni rejalashtirmoqdamiz», — dedi prezident.
Biznesni faol jalb qilish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida EOII Ishbilarmonlar kengashining yigʻilishini 2025 yil aprelʻ oyida Toshkent shahrida oʻtkazish taklif etildi.
Shavkat Mirziyoev, shuningdek, raqamli texnologiyalar va sunʻʻiy intellekt sohasida tizimli hamkorlik qilish muhimligini qayd etdi. U Oʻzbekistonni EOIIning integratsiyalashgan axborot tizimiga va «Raqamli ittifoq» loyihasiga ulash tashabbusini ilgari surdi.
Bundan tashqari, agrar sohada qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻzaro etkazib berishni engillashtirish, innovatsion agrosanoat loyihalarini amalga oshirish va ilmiy ishlanmalarni joriy etishga qaratilgan kooperatsiya dasturini tayyorlash taklif etildi.
eoii, eotb, prezident
Sayyohlik almashinuvlarini ragʻbatlantirish maqsadida davlat rahbari EOII davlatlari fuqarolariga Oʻzbekistonga ichki hujjatlar bilan kirish imkonini beruvchi tartibni joriy etishga tayyorligini bildirdi.
EOTB haqida
Evrosiyo taraqqiyot banki (EOTB) — xalqaro moliya tashkiloti boʻlib, unga aʻʻzo davlatlarning iqtisodiy oʻsishiga koʻmaklashish, ularning savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va investitsiya faoliyati orqali Evrosiyo hududida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.













